📍 Vetteria — Milliy kinologiya markazida bo‘lib o‘tgan davra suhbatining ishtirokchisi

Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan Milliy kinologiya markazida "Xizmat itlari kasalliklarini zamonaviy diagnostika va davolash usullari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda bizning jamoamiz faol ishtirok etdi.

Uchrashuvda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kinologik xizmatlari vakillari, O‘zbekiston kinologiya federatsiyasi, tegishli idoralar, Toshkent va Yangihayot tumanlari veterinariya boshqarmalari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Muhokama qilingan asosiy masalalar:
➡️ Xizmat itlarini zamonaviy diagnostika va davolash usullari
➡️ Kasalliklarning oldini olish
➡️ Dori-darmonlar bilan ta’minlash
➡️ Jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiya

Alohida e’tibor — veterinarlar va kinologlar o‘rtasidagi tizimli hamkorlik zarurligiga qaratildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar Milliy kinologiya markazining profilaktika va jarrohlik bo‘yicha yangi ishlanmalari bilan ham tanishdilar.

💊 Vetteria kompaniyasi bugungi kunda mahalliy veterinariya klinikalarini barcha zarur dori vositalari bilan ta’minlash ustida faol ish olib bormoqda.
Biz veterinariya sohasini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz.

Ushbu muhim tadbirda ishtirok etish imkoniyati va bildirgan ishonch uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Biz bilan bog'laning

Kerakli ma'lumotni topmadingizmi yoki savollaringiz bormi?
Quyidagi aloqa forma orqali xabar qoldiring va bizning mutaxassisimiz tez orada siz bilan bog'lanadi.