Fosnitacid F

Kislotali ko‘pikli yuvish vositasi

Hayvon turi:

Ishlab chiqaruvchi:
ООО "ВИК-здоровье животых", Rossiya

Tarkibi

Fosfor kislotasi, azot kislotasi, yordamchi moddalar.

Qoʻllash koʻrsatmalari

  • Qoʻlda yuvish: FOSNITATSID F vositasining 1,0–5,0% konsentratsiyadagi ishchi eritmasi (20–45°S haroratda) ishlov beriladigan yuzaga surtiladi. Maxsus choʻtka va gubkalar yordamida yuzadagi kirlar yuvib tashlanadi. Ekspozitsiya – 10–15 daqiqa.

  • Shoʻngʻitib yuvish: ishlab chiqarish inventarlari, uskunaning ajraladigan qismlari 1,0–5,0% konsentratsiyadagi ishchi eritma solingan idishga (40–45°S haroratda) shoʻngʻitilib 20–30 daqiqa davomida ushlab turiladi. Zarurat boʻlsa choʻtka yoki maxsus asboblar yordamida yuviladi, soʻng ifloslangan eritma toʻkiladi, detallar va uskunalar yuzasi issiq suv bilan yaxshilab chayiladi.

  • Koʻpik bilan yuvish: vositaning 1,0–5,0% konsentratsiyadagi ishchi eritmasi (20–45°S haroratda) ko‘pik hosil qiluvchi uskunalar yordamida yuzaga surtiladi.

Koʻpik yuzalarda qurib qolishiga yoʻl qoʻyilmasin.

Ekspozitsiyadan soʻng yuzalar toza suv bilan yaxshilab chayilishi lozim.

O'xshash tovarlar