LiquiVit Strong®
LiquiVit Strong – bu vitaminlar aralashmasi bo‘lib, uning tarkibida 1 litrga quyidagi miqdorda vitaminlar mavjud: A vitamini – 100 000 000 IU, D3 vitamini – 20 000 000 IU, E vitamini (D, L-α-Tokoferol asetat) – 20 000 mg, shuningdek yordamchi komponentlar – propilenglikol, natriy bikarbonat va distillangan suv 1 litrgacha
Hayvon turi:
Qushlar
Qoramol (Yirik shoxli mol)
Ishlab chiqaruvchi:
Biochem GmbH, Germaniya
Qo'llash ko'rsatmalari | LiquiVit Strong yirik va mayda qoramollar, cho'chqalar, mo'ynali hayvonlar va parrandalarni oziqlantirishda metabolizm buzilishining oldini olish, organizmning turli kasalliklarga chidamliligini oshirish, emlash, transportirovka, boshqa xonaga o'tkazish davrida stress holatlarini oldini olish, gormonlarsiz o'sish va mahsuldorlik stimulyatori sifatida, homiladorlik va laktatsiya davrida, ratsionni o'zgartirish davrida, shuningdek, suyaklarning yumshashi va zaiflashishi bilan bog'liq kasalliklarda qo‘llaniladi. |
|---|---|
Biologik xususiyatlari | LiquiVit Strong barcha turdagi qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalari uchun vitaminlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot tarkibidagi vitaminlar metabolizm jarayonlarining katalizatorlari hisoblanadi. LiquiVit AD3E mahsuloti hayvon organizmining immun tizimini rag'batlantiradi, reproduktiv funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi, suyaklarning zaiflashishi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini oladi va emlash, ko‘chirish, transportirovka qilish, ratsionni o‘zgartirish va ba'zi kasalliklarning yashirin kechishi bilan bog‘liq stress holatlarida mahsuldorlikni yuqori darajada saqlashga yordam beradi. LiquiVit AD3E umumiy mustahkamlovchi va antistress ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek, ozuqani hazm qilishni yaxshilaydi va qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarining mahsuldorligini oshiradi. U yuqori biologik mavjudligi tufayli organizm tomonidan maksimal darajada o‘zlashtiriladi. LiquiVit AD3E mahsuloti issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli birikmalar qatoriga kiradi, sezgirlik, embriotoksik, teratogen va mutagen ta'sir ko'rsatmaydi. |
Dozalash rejimi | LiquiVit Strong suv bilan peroral yo‘l bilan quyidagi dozalarda beriladi: • Broylerrlar, tuxum qo‘yuvchi tovuqlar, kurkalar, o'rdaklar uchun oyiga ikki marta 1000 litr suvga 1 litr. • Cho‘chqa bolalari va cho‘chqalar uchun oyiga ikki marta 1 litr suvga 1 ml. • Yirik qoramollar uchun 3 kun davomida kuniga 1 ml/3 litr ichimlik suvi ichida oyiga ikki marta. • Qo‘zilar va echkilar uchun 3 kun davomida kuniga 1 ml/3 litr ichimlik suvi ichida oyiga ikki marta. • Qo‘ylar va qo'chqorlar uchun 3 kun davomida kuniga 1 ml/5 litr ichimlik suvi ichida oyiga ikki marta. |
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar | Tavsiya etilgan miqdorlarda LiquiVit Strongni qo'llashda nojo'ya ta'sirlar va asoratlar aniqlanmadi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: preparat tarkibiy qismlariga yuqori individual sezuvchanlik. |
Maxsus ko'rsatmalar | Boshqa ozuqa qo'shimchalari va dori vositalari bilan mos keladi. LiquiVit Strongni qo'llashdan keyin olingan hayvon mahsulotlarini oziq-ovqat maqsadlarida cheklovlarsiz ishlatish mumkin. |
Chiqarilish shakli | 5 litrli kanistra. |