Нобилис IB MA5

Kategoriya: Vaktsinalar

Jo‘jalar yuqumli bronxiti uchun tirik quruq vaksina.

Tarkibi: Bitta vaksina dozasida kamida 3,0 log10 EID50 tirik jo‘jalar yuqumli bronxiti virusi (IBV), Ma5 shtammi, Massachusetts serotipi mavjud.

Hayvon turi:
Qushlar

Ishlab chiqaruvchi:
"Intervet International B.V.", Niderlandiya

Tarkibi

Bitta vaksina dozasida kamida 3,0 log10 EID50 tirik jo‘jalar yuqumli bronxiti virusi (IBV), Ma5 shtammi, Massachusetts serotipi; sorbitol, gidrolizlangan jelatin, pankreatik gidrolizat kazein, disodium gidroftalat dihidrat va in'ektsiya uchun suv mavjud.

Dori shakli

Liofilizat intranazal/okulyar kiritish va purkash usuli uchun suspenziya tayyorlash uchun.

Qo‘llash usuli

Katta tomchilarda purkash (purkash usuli) yoki intranazal/intraokulyar kiritish usuli.

Chiqarilish shakli

Vaksina 2500 yoki 5000 dozali shisha flakonlarga qadoqlangan. 10 flakon vaksina karton qutilarga joylashtirilgan.

Yaroqlilik muddati

Vaksinaning ishlab chiqaruvchi yopiq qadoqdagi yaroqlilik muddati saqlash va transport shartlariga amal qilgan holda ishlab chiqarilgan kundan boshlab 24 oy.

Saqlash sharoiti

Vaksinani to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda 2°C dan 8°C gacha bo‘lgan haroratda saqlang.

O'xshash tovarlar