Coliquinol®
(Sulfametoksazol, lincomycin gidroxlorid, kolistin sulfat, trimetoprim)
Og'iz orqali qo'llash uchun eritma
Qishloq xo'jaligi parrandalari va cho'chqalarda preparat tarkibiy qismlariga sezgir bo'lgan bakterial, mikoplazma va protozoal etiologiyali kasalliklarni davolash uchun qo'llaniladi.
Hayvon turi:
Qushlar
Cho'chqalar
Ishlab chiqaruvchi:
ООО "ВИК-здоровье животых", Rossiya
Ko'rsatmalar | Qishloq xo'jalik parrandalari va cho'chqalarda komponentlariga sezgir bo'lgan bakterial, mikoplazmal va protozoy kasalliklarni davolash uchun. |
|---|---|
Tarkibi | KOLIKVINOL® 1 ml da faol modda sifatida sul’fametoksazol – 50 mg, linkomitsin gidroxlorid – 50 mg, kolistin sul’fat – 400 000 ME, trimetoprim – 10 mg, shuningdek, yordamchi moddalarni o'z ichiga oladi. |
Biologik xususiyatlari | KOLIKVINOL® – kombinatsiyalangan antibakterial va antiprotezoy preparat. KOLIKVINOL® komponentlari grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga, jumladan Staphylococcus spp., Streptococcus spp. (jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi turlari), Corynebacterium spp., Clostridium spp., Haemophilus spp., Klebsiella spp., Proteus spp., Salmonella spp., Pasteurella spp., Brucella spp., Shigella spp., Esherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Aerobacter aerogenes, Neiseria gonorrhoeae, shuningdek Bacteroides spp., Mycoplasma spp., yirik viruslar, koktsidiyalar, toksoplazmalar va aktinomitsetlarga nisbatan kuchli ta'sir ko'rsatadi. Sul’fametoksazol va trimetoprimning bakterial hujayraga birgalikda ta'siri natijasida foliy kislotasi sintezi ikki bosqichda to'xtatiladi, bu esa nukleotidlar sintezining to'xtashiga olib keladi va bu kombinatsiyaning sinergik bakteritsid ta'sirini ta'minlaydi. Og'iz orqali qabul qilinganda linkomitsin, sul’fametoksazol va trimetoprim oshqozon-ichak traktidan so'riladi va ko'plab organlar va to'qimalarga kiradi. Kolistin esa og'iz orqali qabul qilinganda deyarli so'rilmaydi va to'g'ridan-to'g'ri ichakda antimikrob ta'sir ko'rsatadi. Linkomitsin va kolistin organizmdan o'zgarmagan holda, asosan siydik va axlat orqali chiqariladi, sul’fametoksazol va trimetoprim asosan siydik bilan chiqariladi. |
Dozalash rejimi | KOLIKVINOL® qishloq xo'jalik parrandalari va cho'chqalarga suv bilan individual yoki guruhli usulda 1000-1500 ml/t suv dozasida 3-5 kun davomida qo'llaniladi. Puls dozasi qo'llanganda, 1 qism preparatni 9-10 qism suv bilan aralashtirish tavsiya etiladi. Emulsion eritmaning harorati 20 °C dan past bo'lmasligi kerak (xona harorati). |
Qo'llashga qarshi ko'rsatmalar | Preparatning komponentlariga individual sezuvchanlik holatlari preparatni qo'llashga qarshi ko'rsatma hisoblanadi. Preparat tuxum qo'yish davrida tuxumchi tovuqlarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Preparatni aminoglikozidlar, rifampitsin, salitsilatlar, butadion, naproksen va para-aminobenzoy kislotasi hosilalari bilan birgalikda qo'llash mumkin emas. |
Maxsus ko'rsatmalar | Ushbu ko'rsatmalarga muvofiq preparatni qo'llashda odatda nojo'ya ta'sirlar va asoratlar kuzatilmaydi. Allergik reaksiyalar paydo bo'lganda, preparatni qo'llash to'xtatiladi va hayvonga antigistamin va simptomatik vositalar tayinlanadi. Qishloq xo'jalik parrandalari va cho'chqalarni go'sht uchun so'yish preparat qo'llanilgandan keyin 10 kundan keyin ruxsat etiladi. Belgilangan muddatdan oldin majburiy so'yilgan hayvonlar va parrandalarning go'shti yirtqich hayvonlarni boqish uchun ishlatilishi mumkin. |
Chiqarilish shakli | 1 litrli flakon. |