Bovilis Vista Once SQ
Qoramollarning yuqumli rinotraxeit, paragripp-3, virusli diareya, respirator-sintsitial infeksiya va pasterellyoz kasalliklariga qarshi jonli quruq vaksina erituvchisi bilan.
Hayvon turi:
Qoramol (Yirik shoxli mol)
Ishlab chiqaruvchi:
"Intervet International B.V.", Niderlandiya
Tarkibi | Bir immunlash dozasida vaksina (eritilgandan keyin, 2 ml) quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - tirik modifikatsiya qilingan infektsion rinotraxeit virusi (IBR) ≥10³ˑ⁶ TCID₅₀, - tirik modifikatsiya qilingan paragriрp-3 virusi (PI3) ≥10⁵ˑ¹ TCID₅₀, - tirik modifikatsiya qilingan 1-turli diareya virusi (BVDV 1) ≥10³ˑ⁸ TCID₅₀, - tirik modifikatsiya qilingan 2-turli diareya virusi (BVDV 2) ≥10³ˑ⁵ TCID₅₀, - tirik modifikatsiya qilingan respirator-sintsitial virusi (BRSV) ≥10³ˑ⁸ TCID₅₀, - avirulent tirik Mannheimia haemolytica shtammlari ≥1 x 10⁶ KOE, - avirulent tirik Pasteurella multocida shtammlari ≥8 x 10⁵ KOE. |
|---|---|
Dori shakli | Inyeksiya, suspenziya tayyorlash uchun liofilizat (vaksina) va eritma. |
Qo‘llash usuli | Vaksina teri ostiga bir marta 2 ml (1 doza) miqdorda yuboriladi. |
Taqdimoti | Vaksina 10 dozadan shisha flakonlarda qadoqlangan. |
Saqlash muddati | Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 24 oy, saqlash sharoitiga rioya qilingan holda. |
Saqlash sharoitlari | Vaksinani yorug‘likdan himoyalangan joyda 2 dan 8 °C gacha bo‘lgan haroratda saqlash kerak. |