Nobilis RT+IBmulti+G+ND

Kategoriya: Vaktsinalar

Qushlar rinotraxeiti, tovuqlarning infeksion bronxiti, Gumboro kasalligi va Nyukasl kasalligiga qarshi inaktivatsiyalangan emulsiya qilingan vaksina.

Hayvon turi:
Qushlar

Ishlab chiqaruvchi:
"Intervet International B.V.", Niderlandiya

Tarkibi

Bitta doza (0,5 ml) quyidagi ta'sir etuvchi moddalardan iborat inaktivatsiyalangan antigenlarni o'z ichiga oladi:

  • Tovuqlarning infeksion bronxiti virusining Massachusetts serotipi (M41 shtammi) – kamida 4,0 log2 virusni neytrallovchi birliklarni hosil qiladi;

  • Tovuqlarning infeksion bronxiti virusining D274/D207 serotipi (249g shtammi) – kamida 4,0 log2 virusni neytrallovchi birliklarni hosil qiladi;

  • Qushlar rinotraxeiti virusining BUT1#8544 shtammi – kamida 9,5 log2 IFA birliklarini hosil qiladi;

  • Gumboro kasalligi virusining D78 shtammi – kamida 14,5 log2 virusni neytrallovchi birliklarni hosil qiladi;

  • Nyukasl kasalligi virusining Clone 30 shtammi – 1/50 dozada kamida 4,0 log2 gemagglyutinatsion inhibisyon birliklarini hosil qiladi.

Dorivor shakli

Inyeksiya uchun emulsiya

Qo‘llash usuli

Ichki mushak ichiga (son yoki ko‘krak mushaklariga) yoki teri ostiga (bo‘yning pastki uchdan bir qismiga) qo‘llash uchun.

Chiqish shakli

Vaksina 500 ml (1000 doza) hajmdagi polietilentereftalat (PET) flakonlarda qadoqlangan.

Saqlash muddati

Vaksinaning saqlash muddati ishlab chiqaruvchining yopiq qadoqlarida, saqlash shartlariga rioya qilgan holda, ishlab chiqarilgan kundan boshlab 24 oy.

Saqlash shartlari

Vaksina yorug‘likdan himoyalangan joyda 2°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi kerak.

O'xshash tovarlar